To'plangan materiallar yo'qolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo'lmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da'vo taqdim etishga haqli.
Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uning saqlanish muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza bilan uni ijro etish maqsadida murojaat qilingan, bu vaqtga kelib ijro varaqasini ijroga qaratish muddati o'tgan va u sud tomonidan tiklanmaydigan bo'lsa ham sud ish yuritishni tugatadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
344-modda. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ish yuritishni tugatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.