Fuqarolik protsessual kodeksi

341-modda. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza

Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza ishni ko'rib chiqqan sudga beriladi. Arizada ishga doir batafsil ma'lumotlar bo'lishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo'lgan hujjatlar yoki ularning ko'chirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo'lsa ham, arizaga ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.