Fuqarolik protsessual kodeksi

332-modda. Sudyaning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari

Sudya arizani qabul qilganidan keyin: ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida e'lon chiqarish to'g'risida; taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning yo'qolgan hujjat bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishini va pul berishini ish sudda ko'rilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi. Sud ajrimining ko'chirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga yuboriladi. Ajrim chiqarish rad etilganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.