Shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to'g'risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.
G'ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar ko'rsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo'lishi zarurligi to'g'risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.
Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo'lib turishi masalasini hal etadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
317-modda. Ariza berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.