Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning o'zi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab o'tilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish to'g'risida hal qiluv qarori chiqaradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab o'tilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sog'aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
315-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish
(315-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.