Fuqarolik protsessual kodeksi

31¹-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha suddan boshqa sudga o'tkazish

(31¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Talab fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, da'vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko'ra iqtisodiy sudga yoki ma'muriy sudga ko'rib chiqish uchun o'tkaziladi. Agar ishni ko'rib chiqish jarayonida da'vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari bo'yicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra iqtisodiy sudga yoki ma'muriy sudga ko'rib chiqish uchun o'tkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqaradi. Da'vo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish to'g'risidagi fuqarolik ishlari bo'yicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Fuqarolik ishlari bo'yicha suddan taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazilgan da'vo arizasi (ariza), ish materiallari o'ziga o'tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. O'zbekiston Respublikasida sudlar o'rtasida sudga taalluqlilik to'g'risidagi nizolarga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.