Fuqarolik protsessual kodeksi

298-modda. Ariza berish

(298-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)

Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bolani farzandlikka olishni istovchi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar farzandlikka olish to'g'risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlariga beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.