Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi;
2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi;
3) fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi;
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;
5) shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
7) voyaga yetmagan shaxsni to'liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilish (emansipatsiya) to'g'risidagi;
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;
9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo'qolgan taqdirda, ular bo'yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to'g'risidagi;
10) yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladigan ishlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.