Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs ariza beruvchi bo'lgan farzandlikka olish to'g'risidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan o'z vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ko'radi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instantsiya sudi sifatida o'z ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o'tkazishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
29-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar
(29-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.