Sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz ko'rish to'g'risida so'ramagan taqdirda, agar da'vogar bunga e'tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko'rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda ko'rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda ma'lumot bo'lishi kerak.
Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko'rilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
280-modda. Sirtdan ish yuritish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.