Fuqarolik protsessual kodeksi

279⁵-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori

(25¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko'ra, mazkur bobda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo'lsa, qabul qilinganidan keyin o'n kun o'tgach qonuniy kuchga kiradi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori sud tomonidan ushbu Kodeks V bo'limining qoidalariga ko'ra beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning IV bo'limida nazarda tutilgan qoidalarga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instantsiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.