Sud ajrimida quyidagilar ko'rsatiladi:
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq to'lovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan o'z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab o'tilgan ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq ko'rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.
lex.uz’dagi asl matnГражданский процессуальный кодекс
272-modda. Ajrimning mazmuni
(272-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)
Oddiy tilda
AJRIMNING MAZMUNI
Nimani anglatadi
Sud ajrimi — bu sudning qaror qabul qilishidan oldin chiqaradigan rasmiy hujjat. Unda sud nizo haqida o'ylagan fikri, qaysi qonun asosida qaror qabul qilayotgani va nima uchun shunday qaror qabul qilayotgani yoziladi. Ajrimda ishning raqami, sud nomi, sudya ismi, tomonlarning ma'lumotlari va sud nima hal qilmoqchi ekanligini ko'rsatadi.
Kimga tegishli
Bu hujjat faqat sud tomonidan rasmiy ravishda chiqariladi va uning kuchiga barcha tomonlar bo'ysunadi.
Amalda
Agar sud ikki odam o'rtasidagi pul qarzi haqida qaror qabul qilmoqchi bo'lsa, ajrimda "Qarzdor Alisher Qo'qonov 50 million so'm qaytarishi kerak" deb yozadi. Agar ajrimda yozuv xatosi bo'lsa, sud uni tuzatib qo'yishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.