Fuqarolik protsessual kodeksi

270⁸-modda. Da'vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi da'vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 1) qonunchilik talablari buzilganligi to'g'risida o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma; 2) o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to'g'risidagi ogohlantirishi; 3) ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlar; 4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to'g'risidagi hujjat.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.