Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yo'l qo'yishi mumkin:
1) da'vogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi bo'lgan hollarda;
2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish to'g'risidagi hal qiluv qarori;
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun ko'p zarar keltirishi mumkin bo'lgan yoki ijro etish mumkin bo'lmay qolgan barcha boshqa ishlar bo'yicha.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha darhol ijro etilishiga yo'l qo'yilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan bo'lsa, bu arizalar ishga qo'shib qo'yiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko'rsatiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha darhol ijro etilishiga yo'l qo'yilganida sud da'vogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosini ta'minlashni talab qilishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan so'ng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo'l qo'yish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko'rib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning kelmaganligi darhol ijro etish to'g'risidagi masalani hal qilish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to'g'risidagi masalani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to'g'risidagi masala bo'yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to'g'risidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini to'xtatmaydi.
lex.uz’dagi asl matnГражданский процессуальный кодекс
267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yo'l qo'yish huquqi
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Sud hal qiluv qarorini (sudning oxiriy qarorini) darhol, ya'ni apellyatsiya shikoyati berish muddati tugashidan oldin ijro etishiga ruxsat berishi mumkin. Bu faqat maxsus holatlarda va aniq asoslar bo'yicha amalga oshiriladi. Darhol ijro etish sudning maxsus qaroriga asosan amalga oshadi.
Kimga tegishli
Bu huquq sudga tegishli bo'lib, u hal qiluv qarorining darhol ijro etilishini tasdiqlovchi qaror qabul qiladi.
Amalda
Masalan, ijara shartnomasini buzganlik uchun ijarachiga pul to'lash to'g'risidagi qaror chiqarildi. Agar ijodorchi va ijara oluvchi ikkalasi ham darhol ijro etishga rozilashsa, sud buni tasdiqlab, pul darhol to'lanishi mumkin, apellyatsiya muddatini kutmasdan.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.