Fuqarolik protsessual kodeksi

220-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ularga sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi (yetkazib berilganligi) to'g'risidagi ma'lumot mavjud bo'lmasa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan bo'lib, sud uzrli deb topgan sabablarga ko'ra kelmagan bo'lsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. Taraflar kelmaslik sabablari to'g'risida sudni xabardor qilishi va bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishi shart. Agar javobgarning kelmaganligi sabablari to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini qasddan cho'zayotgan bo'lsa, sud ishni ko'rishga haqli. Taraflar ishni o'zining ishtirokisiz ko'rishni va o'zlariga sud hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasini yuborishni iltimos qilishga haqli. Agar ishning holatlari bo'yicha zarur bo'lsa, sud taraflarning sud majlisida ishtirok etishini shart deb topishi mumkin. Sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs vakilining kelmaganligi ishni ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi to'g'risida sud xususiy ajrim chiqaradi, bu haqda tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga ma'lum qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.