Fuqarolik protsessual kodeksi

211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi

Sud majlisida shu sudning raisi, uning o'rinbosari yoki sudya raislik qiladi. Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari to'liq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy ta'sirini ta'minlaydi, ko'rilayotgan ishga aloqasi bo'lmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga e'tiroz bildirgan taqdirda, bu e'tirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi. Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni ta'minlash uchun zarur choralar ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.