Fuqarolik protsessual kodeksi

209-modda. Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish

(209-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1047-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2025 й., 03/25/1047/0233-сон)

Sudlarda videokonferentsaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati bo'lgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar sudning videokonferentsaloqa rejimidagi majlisida bu haqda o'zlari iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga ko'ra ishtirok etishi mumkin. Ko'rsatilgan shaxslarning videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi to'g'risida sud ajrim chiqaradi, ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga va o'z ko'magida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin bo'lgan tegishli sudga yuboriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta'minlash uchun ko'rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo'yicha tegishli sudlarning videokonferentsaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko'rayotgan sudning mobil videokonferentsaloqa tizimidan foydalaniladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta'minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi. Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida mobil videokonferentsaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi ishni ko'rayotgan sud tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniqlanadi. Videokonferentsaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferentsaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o'z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi, shuningdek guvohning qasamyodi audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.