Fuqarolik protsessual kodeksi

206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlari

Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig'iga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: 1) sudyaga kelib tushgan arizalarni o'rganadi va ularni ko'rish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi; 2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish to'g'risidagi masalani hal etishda ishtirok etadi; 3) sud protsessini tayyorlashni va o'tkazishni tashkil etishda ishtirok etadi; 4) arizalar va murojaatlar, shuningdek ko'rilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish to'xtatib turilgan ishlar o'z vaqtida ko'rilishi ta'minlanishini tashkil etadi; 5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko'rish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi. Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig'iga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.