Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi to'g'risidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-moddasiga muvofiq so'roq qiladi;
2) ishni ko'rishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi;
3) ishda prokurorning ishtirok etishi to'g'risidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi;
4) sherik da'vogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi to'g'risidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor bo'lmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi;
5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish to'g'risidagi masalani hal qiladi;
6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni talab qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir so'rovlar beradi;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish to'g'risidagi masalani hal qiladi;
8) kechiktirib bo'lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, joyga chiqib ko'zdan kechirishni amalga oshiradi;
9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi;
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish to'g'risidagi masalani hal qiladi;
12) da'voni va dalillarni ta'minlash masalasini hal qiladi;
13) taraflarni yarashtirish choralarini ko'radi;
14) sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish to'g'risidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual harakatlarni ham amalga oshiradi.
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlari sudya tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo'yicha harakatlari
(204-модда биринчи қисмининг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.