Fuqarolik protsessual kodeksi

20-modda. Ishni ko'rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo'l qo'yilmasligi

(20-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Ishni birinchi instantsiya sudida ko'rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo'lsa, bu ishni takroran ko'rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo'yicha ishlarni ko'rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko'rish hollari mustasno. Ishni birinchi instantsiya sudida ko'rgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni apellyatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instantsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni kassatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instantsiya sudida taftish tartibida qayta ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.