Fuqarolik protsessual kodeksi

195-modda. Arizani qaytarish

(195-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан 4¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo'lmasa; 4) ariza ushbu Kodeksning 189-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan bo'lsa; 4¹) da'vogar (arizachi) sudyaning ushbu Kodeks 192-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ko'rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo'lsa; 5) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab birlashtirilgan bo'lsa, basharti bu talablar o'zaro bog'liq bo'lmasa; 6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qo'zg'atish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo'lsa; 7) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo'lsa, davlat bojini to'lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoki iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to'g'risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan bo'lsa; 9) da'vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo'lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa. Arizani qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. Arizaning qaytarilishi yo'l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.