Ishning muhokamasi chog'ida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hay'ati ko'rayotganda esa sudyalarning ko'pchilik ovozi bilan hal etiladi.
Masala hay'at tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qo'shib qo'yiladi, biroq o'qib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instantsiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
19-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.