Fuqarolik protsessual kodeksi

187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish

Alimentlar undirish to'g'risidagi ishlarni ko'rish vaqtida sud zarur bo'lgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) o'z xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag' berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablag' berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag' berib turishi kerakligi to'g'risida ajrim chiqarishga haqli. Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.