Fuqarolik protsessual kodeksi

176-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish

Sudya sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) ariza ushbu Kodeksning 172-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan bo'lsa; 2) ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa; 3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa; 4) davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo'lsa, davlat boji to'lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 5) sud buyrug'i berilguniga qadar undiruvchidan sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo'lsa. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning qaytarilishi yo'l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga ikkinchi marta murojaat etishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.