Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 5-bobida belgilangan sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo'yicha beriladi.
Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. Arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
3) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
4) undiruvchining talabi va talabga asos bo'lgan holatlar;
5) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
5¹) to'lanmagan to'lovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan ko'char mol-mulkning tavsifi;
6) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizada undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko'rsatilishi mumkin.
Ko'char mol-mulk talab qilingan taqdirda, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko'rsatilishi lozim.
Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
172-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni
(172-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонунига асосан 5¹-банд билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.