Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instantsiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda ko'riladi. Sudya ishni yakka tartibda ko'rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi.
Muayyan ishni ko'rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo'lgan shaxslarning ta'sir ko'rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudlarida ko'rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay'atda amalga oshiriladi.
Ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko'rish Rayosat a'zolarining ko'pchiligi hozir bo'lganda amalga oshiriladi.
Ish hay'atda ko'rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
Ishni ko'rish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay'atda ko'rilishi
(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.