Fuqarolik protsessual kodeksi

161-modda. Sudning chaqiruv qog'ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari

Chaqiriluvchi o'z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qog'ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qog'oziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qo'yib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog'ozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma'muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o'quv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog'ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga ko'ra kelmaganligi ishni muhokama qilishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.