Fuqarolik protsessual kodeksi

159-modda. Sudning chaqiruv qog'ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish

Sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan ko'rsatilgan manzil bo'yicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga ma'lum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki o'qish joyiga yuborilishi mumkin. Sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi to'g'risida tilxat olish yo'li bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi. Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish bo'yicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qog'ozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin. Sudning chaqiruv qog'ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi to'g'risidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili ko'rsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.