Fuqarolik protsessual kodeksi

157-modda. Sud chaqiruv qog'ozining mazmuni

Sudga chaqirish to'g'risidagi sud chaqiruv qog'ozida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili; 2) kelish joyi va vaqti; 3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi; 4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi; 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish bo'yicha o'zlari ega bo'lgan hamma dalillarni taqdim etish to'g'risidagi taklif; 6) chaqiriluvchi yo'qligi sababli chaqiruv qog'ozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat bo'lishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi; 7) sudga kelmaganlikning ushbu Kodeksning 220, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlari. Sudga chaqirish to'g'risida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qog'ozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab o'tilgan ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.