Fuqarolik protsessual kodeksi

153-modda. Protsessual muddatlarni o'tkazib yuborish oqibatlari

Protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatning o'tishi bilan bekor bo'ladi. Bunday holda protsessual muddatlarning o'tishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi. Protsessual muddatlar o'tgandan so'ng taqdim etilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar, agar o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoki uni qanoatlantirish rad etilgan bo'lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.