Fuqarolik protsessual kodeksi

151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari

Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi. Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim bo'lgan voqeani ko'rsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.