Ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to'lanishi lozim bo'lgan summalar;
2) joyida ko'zdan kechirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
3¹) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta xarajatlari;
4) sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar;
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag'iga kiritilishi lozim.
Sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko'rish natijalariga ko'ra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
132-modda. Ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan chiqimlar
(132-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.