Fuqarolik protsessual kodeksi

130-modda. Da'voning bahosini belgilash tartibi

Da'voning bahosi da'vogar tomonidan ko'rsatiladi. Da'vogar ko'rsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo'lsa, da'voning bahosini sudya belgilaydi. Da'vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo'lsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chog'ida sud belgilagan da'vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to'lanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.