Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
1) ish fuqarolik ishlari bo'yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma'muriy sudga taalluqli bo'lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma'muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to'g'risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo'lsa;
3) da'vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo'lsa;
4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo'lsa;
5) hakamlik sudining ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
5¹) sudning ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi mavjud bo'lsa;
6) ish bo'yicha taraflardan biri bo'lgan fuqaroning vafotidan so'ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa;
7) ish bo'yicha taraf bo'lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
(124-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан 5¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.