Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o'tkaziladi.
Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli ma'lumotlar mavjud bo'lgan ishlar bo'yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o'tkaziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti to'g'risidagi ma'lumotlar oshkor bo'lishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi o'tkazilishiga yo'l qo'yiladi.
Ish sudning yopiq majlisida ko'rilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir bo'ladi.
Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferentsaloqa tizimidan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o'qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini ko'rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
12-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.