Fuqarolik protsessual kodeksi

112-modda. Da'voni ta'minlash choralarining saqlanish muddati

Da'vo rad qilingan taqdirda, da'voni ta'minlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risida hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan so'ng ajrim chiqarishi mumkin. Da'vo qanoatlantirilgan taqdirda, da'voni ta'minlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar o'z kuchini saqlab qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.