Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, da'vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlarni, mediativ kelishuvni ijroga qaratish bilan bog'liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog'liq ishlarni ko'rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchiligida ko'rsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
1-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchilik
(1-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.