O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgar bo'ladilar.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganning zararni qoplash uchun yetarli mol-mulki yoki boshqa daromad manbalari bo'lmagan taqdirda, zarar to'lig'icha yoki uning yetishmagan qismi voyaga yetmaganning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiyi tomonidan, agar ular zarar o'zlarining aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, to'lanishi lozim.
Agar homiylikka muhtoj o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan tegishli tarbiyalash, davolash muassasasida, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasida yoki qonunga ko'ra uning homiysi hisoblanuvchi boshqa shunga o'xshash muassasada turgan bo'lsa, bu muassasalar, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, zararni to'lig'icha yoki uning yetishmaydigan qismini to'lashlari shart.
Zarar yetkazgan voyaga yetganida yoxud u voyaga yetmasidan unda mol-mulk yoki zararni to'lash uchun yetarli daromad manbalari paydo bo'lganida yoxud u voyaga yetmasidan muomala layoqatiga ega bo'lganida ota-ona (farzandlikka oluvchilar), homiy va tegishli muassasaning zararni to'lash bo'yicha majburiyati tugaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
994-modda. O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.