Fuqarolik kodeksi

991-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik

(991-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 29 мартдаги ЎРҚ-761-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.03.2022 й., 03/22/761/0250-сон)

Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo'lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo'llanish, qamoq tariqasidagi ma'muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qat'i nazar, qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan to'la hajmda to'lanadi. Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor bo'lgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning boshqa tarzdagi qonunga xilof faoliyati natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, umumiy asoslarda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.