Fuqarolik kodeksi

989-modda. Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o'z xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi

Yuridik shaxs yoxud fuqaro o'z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi. Ushbu bobning qoidalariga muvofiq, mehnat shartnomasi asosida, shuningdek fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolar, agar bunda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan tegishli yuridik shaxsning yoki fuqaroning topshirig'i bo'yicha yoki nazorati ostida harakat qilgan bo'lsalar yoki harakat qilishlari lozim bo'lgan bo'lsa, xodimlar deb e'tirof etiladilar. Xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari o'z ishtirokchilari (a'zolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.