Fuqarolik kodeksi

977-modda. Ommaviy tanlov shartlarini o'zgartirish va uni bekor qilish

Ommaviy tanlov e'lon qilgan shaxs ishlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatning faqat birinchi yarimi mobaynida uning shartlarini o'zgartirishga yoki tanlovni bekor qilishga haqli. Tanlov shartlarini o'zgartirish yoki uni bekor qilish to'g'risida tanlov qanday usulda e'lon qilingan bo'lsa, shunday usulda xabar berilishi lozim. Tanlov shartlari o'zgargan yoki u bekor qilingan taqdirda, tanlov e'lon qilgan shaxs e'londa nazarda tutilgan ishni konkurs shartlarining o'zgartirilishi yoki uning bekor qilinishi o'ziga ma'lum bo'lguncha yoki ma'lum bo'lishi lozim bo'lguncha bajargan har qanday shaxsning xarajatlarini to'lashi lozim. Agar tanlov shartlarini o'zgartirishda yoki uni bekor qilishda ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan talablar buzilgan bo'lsa, tanlovni e'lon qilgan shaxs e'londa ko'rsatilgan shartlarga javob beradigan ishni bajarganlarga mukofot to'lashi lozim. Tanlovni e'lon qilgan shaxs, agar ko'rsatilgan ish tanlovdan mustasno tarzda, xususan, tanlov to'g'risidagi e'longa qadar bajarilganligini yoxud avval boshdanoq tanlov shartlariga nomuvofiq bo'lganligini isbotlasa, xarajatlarni to'lash majburiyatidan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.