Гражданский кодекс

971-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lishining oqibatlari

Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda sheriklarning umumiy egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qo'yilgan ashyolar, taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ularni berib qo'ygan sheriklarga haq to'lamasdan qaytariladi. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lgan paytdan boshlab uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar bo'yicha solidar javobgar bo'ladilar. Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash ushbu Kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni qo'shgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda, qolgan sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan, bu ashyoni o'ziga qaytarishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda, sheriklarning birgalikda egalik qilgan narsalari ularning kelishuvi bo'lmasa, haq to'lamasdan qaytariladi. Sheriklarning bajarilmagan qarzlari uchun hammasi birga javobgar bo'ladi. Umumiy mulkni taqsimlash qonun qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Kimga tegishli Bu qoida oddiy shirkat sheriklariga va ularning kreditorlariga tegishli. Amalda Uch kishi birgalikda do'kon ochib, mol-mulk qo'yib ishga tushgan. Shartnoma bekor bo'lganda, qo'yilgan narsalar haq to'lamasdan sheriklarni qaytariladi. Agar do'konning qarzlari bo'lsa, uchala sheriki ham bu qarzni to'lashga majbur bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.