Fuqarolik kodeksi

961-modda. Majburiy davlat sug'urtasi

(961-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida qonunda hayot, sog'liq va mol-mulkning majburiy davlat sug'urtasi belgilab qo'yilishi mumkin. Majburiy davlat sug'urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag'lar hisobiga amalga oshiriladi. Majburiy davlat sug'urtasi bevosita sug'urta to'g'risidagi qonunchilik asosida unda ko'rsatilgan davlat sug'urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug'urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu bobning qoidalari, agar sug'urta to'g'risidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa va sug'urta bo'yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug'urtasiga nisbatan qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.