Fuqarolik kodeksi

943-modda. Sug'urta shartnomasining haqiqiy emasligi

Sug'urta shartnomasi quyidagi hollarda o'z-o'zidan haqiqiy emas: shartnoma tuzilayotgan paytda sug'urta ob'yekti mavjud bo'lmasa; jinoiy yo'l bilan qo'lga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim bo'lgan mol-mulk mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan bo'lsa; shartnoma bo'yicha g'ayrihuquqiy manfaat sug'urtalangan bo'lsa; sug'urta shartnomasida sug'urta hodisasi sifatida yuz berish ehtimolligi va tasodifiylik belgilari bo'lmagan voqea nazarda tutilgan bo'lsa. Sug'urta shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.