Fuqarolik kodeksi

932-modda. Sug'urtalovchining sug'urta xavfini baholash huquqi

(932-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 17 сентябрдаги ЎРҚ-257-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 37-сон, 315-модда)

Mol-mulkni sug'urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug'urtalovchi sug'urta qilinayotgan mol-mulkni ko'zdan kechirishga, zarurat bo'lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o'tkazishni tashkil etishga haqli. Shaxsiy sug'urta shartnomasi tuzilayotganida sug'urtalovchi sug'urta qilinayotgan shaxs sog'lig'ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli. Ushbu modda asosida sug'urtalovchi tomonidan sug'urta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli bo'lgan sug'urta qildiruvchi uchun majburiy emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.