Sug'urta shartnomasi yozma yoki elektron shaklda tuzilishi lozim.
Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi.
Sug'urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug'urtalovchi tomonidan sug'urta qildiruvchiga uning yozma yoki og'zaki arizasiga binoan sug'urtalovchi imzolagan, sug'urta shartnomasining shartlarini o'z ichiga olgan sug'urta polisini topshirish yo'li bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sug'urta qildiruvchining sug'urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug'urtalovchidan ko'rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug'urta mukofoti to'lash yoxud –– sug'urta mukofoti bo'lib-bo'lib to'langanda — birinchi badalni to'lash orqali tasdiqlanadi.
Sug'urtalovchi shartnoma tuzish chog'ida sug'urtaning alohida turlari bo'yicha sug'urta shartnomasi (sug'urta polisi)ning o'zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo'llanishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
927-modda. Sug'urta shartnomasining shakli
(927-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.