Fuqarolik kodeksi

922-modda. Majburiy sug'urta

(922-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Qonunda quyidagilarni sug'urta qilish majburiyati belgilab qo'yilishi mumkin: qonunda ko'rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulki ularning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib; boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'zining fuqaroviy javobgarligi xavfi. Sug'urta qildiruvchi bo'lish majburiyati qonun bilan unda ko'rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug'urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o'z hayoti yoki sog'lig'ini sug'urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo'lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug'urtalash majburiyati yuklanishi mumkin. Mol-mulkni sug'urta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta'sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug'urta ushbu moddaning ma'nosi jihatidan majburiy hisoblanmaydi va ushbu Kodeksning 924-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.