Fuqarolik kodeksi

906-modda. Tovar egasiga qaytarilayotgan vaqtda uning miqdori va holatini tekshirish

Tovar egasi va tovar omborining har biri tovarni qaytarib berish vaqtida uni ko'zdan kechirish va miqdorini tekshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu tufayli qilingan xarajatlar tovarni ko'zdan kechirishni yoki uning miqdorini tekshirishni talab qilgan taraf zimmasiga tushadi. Agar ombor tovarni egasiga qaytarayotgan vaqtida ular tovarni birga ko'zdan kechirmagan yoki tekshirmagan bo'lsalar, tovar tegishli darajada saqlanmaganligi oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi haqidagi ariza omborga tovarni olish vaqtida, tovarni qabul qilishning oddiy usuli bilan aniqlash mumkin bo'lmagan yetishmovchilik yoki buzilish xususida esa, ularni aniqlash uchun zarur bo'lgan oqilona muddatda yozma ravishda yuborilishi kerak. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan ariza bo'lmaganida, agar aksi isbot qilingan bo'lmasa, ombor tovarni omborda omonat saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.