Sekvestr to'g'risidagi shartnoma bo'yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo'lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo'lsa, o'sha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).
Nizoli ashyo sudning qaroriga ko'ra sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri).
Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek bahslashayotgan taraflarning o'zaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo'yicha omonat saqlovchi bo'lishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi.
Sekvestr tartibida saqlashga ko'char mulklar ham, shuningdek ko'chmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
900-modda. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
(900-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.