Agar tashkilotlarning kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga topshirish vaqtida kelishib qo'yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan bo'lmasa, ularda ashyo saqlash bepul hisoblanadi.
Ashyo kiyimxonada saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlash uchun saqlovchi yuk topshiruvchiga nomerli jeton yoki ashyo saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi boshqa belgi beradi.
Kiyimxonaga topshirilgan ashyo jeton taqdim etuvchiga beriladi. Bunda saqlovchi jeton taqdim etuvchining ashyoni olishga vakolatlarini tekshirishi shart emas. Biroq, omonat saqlovchi jeton uni taqdim etuvchiga qarashli ekanligiga shubhalansa, ashyoni jeton taqdim etuvchiga qaytarib berishni to'xtatib turishga haqli.
Yuk topshiruvchi jetonni yo'qotib qo'ygan, lekin uning ashyolarni kiyimxonaga topshirganligi yoki ashyolarning unga tegishliligi saqlovchida shubha tug'dirmagan yoxud yuk topshiruvchi tomonidan isbotlangan hollarda ham saqlovchi kiyimxonadagi ashyoni berishga haqli. Tashkilotlarning ashyolar kiyimxonalarda but saqlanishi uchun javobgarligi, shuningdek talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari ushbu Kodeks 897-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida ko'rsatilgan qoidalar bo'yicha belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
898-modda. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.